Namanganning Chortoq tumanida shifoxonaning hushyorlantirish bo‘limiga yotqizilgan erkak temir panjaraga o‘zini osib, vafot etdi. U bir kun avval turmush o‘rtog‘ining chaqiruviga asosan mastligi sababli IIB xodimi tomonidan shifoxonaga olib borilgan. Holat nazoratga olindi, deb yozdi ombudsman matbuot xizmati.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-maktabda 31 yoshli erkak daraxtga o‘zini osib, joniga qasd qildi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, marhum ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgan, muqaddam bir necha marotaba o‘z joniga suiqasd qilishga uringan.
Angren shahrida 19 yoshli qiz xonadonida o‘zini osib qo‘ydi. Uni shahar Milliy gvardiyasida ishlovchi yigit fotosuratlarini tarqatish bilan qo‘rqitgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.
Yakkabog‘ tumanida 45 yoshli erkak hovlisining molxonasida o‘zini osib qo‘ydi. Ishda tumandagi 94-maktab direktorining «qo‘li borligi» aytilmoqda. Direktor esa voqea ro‘y bergan kuni shifoxonada bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Qamashi tumani va Qarshi shahrida maktabda o‘qiydigan qizlar o‘zini osib, vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda prokuratura ushbu holatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting